Toşkent tibbiyot kolleji talabasi Jasurbek Ibrohimovning ölimida aybdor deb topilib, sud qaroriga binoan ozodlikdan mahrum etilgan, keyinçalik jazo muddatini ötaş vaqtida koloniyadagi rejimni buzmagani va mehnatga vijdonan yondaşgani tufayli muddatidan ilgari ozod etilgan Islom Tölaganov ayni paytda Olmazor tumanidagi tibbiyot kollejida öqimoqda.
«Xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar örtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga qaratilgan çora-tadbirlar» mavzusida ötkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilinişiça, unga nisbatan jazo muddati tugatilib, faqat axloq tuzatiş işlari böyiça qöşimça jazo muddati belgilangan.

«2019 yilning 1 yanvarida IIV tizimida Probatsiya xizmati taşkil etilgan. Mazkur xizmat ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlangan şaxslar bilan işlaydi. Probatsiya xizmati öz hisobidagi şaxslarning nazorati uçun töliq javobgardir. Tölaganov masalasiga kelsak, unga nisbatan majburiy jamoat işlari jazosi tayinlangan. Uning zimmasidagi majburiyatini bajarişi yaşaş joyidagi probatsiya xizmati, mahalla fuqarolar yiğini, profilaktika inspektori tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi. Bundan maqsad u bilan avval sodir bölgan hodisa takrorlanişining oldini olişdan iborat», deya IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi boş boşqarmasining birinçi örinbosari Davron Azizovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Eslatib ötamiz, jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudining 2017 yil 30 oktyabrdagi hukmiga köra, Islombek Tölaganov Jasurbek Ibrohimovning hayoti uçun xavfli bölgan oğir tan jarohatlari yetkazib, uning ölimiga sababçi bölgan deb topilgan hamda unga JKning 85-moddasi tartibida 6 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan edi.

















