Borovskiy nomidagi Toşkent şahar tibbiyot kollejining 17 yoşli talabasi Jasurbek Ibrohimov şu kollej talabalari döpposlagani oqibatida vafot etgani voqeasi haftaning dolzarb mavzusiga aylandi. Toşkentliklar uşbu hodisaga katta e’tibor qaratişmoqda.

3 iyun kuni bu xabar internet naşrlarida tarqalgaç, şange.org saytida Jasurbek Ibrohimovni ölasi qilib kaltaklaganlarni jazolaş söralgan petitsiya paydo böldi. Uni imzolaganlar soni ayni vaqtga kelib 16 ming nafardan oşdi.

4 iyun kuni Toşkent şahridagi Döstlik (sobiq Bobur) boği hududida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vaziri nomiga yöllangan, aybdorlarni jazolaş talab etilgan petitsiyani yuzlab kişilar imzolaşdi.

Kunning ikkinçi yarmida esa Mirobod tuman IIBda Jasurbek Mahamadjon öğli Ibrohimov oğir tan jarohatlari oqibatida vafot etganligi holati yuzasidan içki işlar vakillari, jinoyatda gumonlanuvçi Islom Tölaganovning ota-onasi, advokatlar va OAV iştirokida uçraşuv bölib ötdi.

IIBBning rasmiy saytida ma’lum qilinişiça, mazkur uçraşuvda huquqni muhofaza qiliş idoralaridan: Toşkent şahar prokurorining örinbosari adliya kiçik maslahatçisi F. X. Abdurahimov, Toşkent şahar prokuraturasi bölim boşliği adliya katta maslahatçisi B. B. Maxsitov, Mirobod tumani prokurori adliya maslahatçisi A. G. Oxunov, Toşkent şahar IIBB boşliğining örinbosari polkovnik D. B. Toşxöjayev va Toşkent şahar IIBB boşqarma boşliği polkovnik A. Ş. Umarxonov iştirok etgan.

Uçraşuvda OAV vakillarining holat yuzasidan olib borilayotgan tergov-suriştiruv işlari bilan boğliq barça savollariga javoblar berilgan.

Xususan, uçraşuvda dastlabki tergov davomida mazkur holatning kelib çiqiş sabablari, ta’lim muassasasining öqituvçi-pedagoglari va tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlariga ham huquqiy baho berilişi masalasiga alohida töxtalib ötilgan.

Bundan taşqari, uşbu uçraşuvda mazkur holat yuzasidan gumonlanuvçi I. A. Tölaganovning ota-onasi ham iştirok etib, OAV vakillarining savollariga javob qaytarişgan.

Islom Tölaganovning otasining körsatmasi

Gumonlanuvçining otasi, 1998 yildan buyon advokat bölib işlagan, hozirda pensiyaga çiqqan Abdujalil Rasulov özining hodisaga aloqadorligini inkor etmaydi. Ammo u avvalroq berilgan versiyalarni ham, ya’ni öğli va boşqa bolalar guruhi Ibrohimovni kaltaklaganini inkor etadi. Internetda uning körsatmalaridan skrinşotlar tarqalgan.