Amerikalik şifokorlar kökrak bezi saratonining eng xavfli şakli - uç karra salbiy kökrak bezi saratoni immunitetni saraton hujayralariga qarşi yönaltiruvçi antijismlar yordamida muvaffaqiyatli bartaraf etilgani haqida ma'lum qilişdi. Ular mazkur tajriba natijalari haqida Çikagoda, Amerika klinik onkologiya hamjamiyati konferensiyasida sözlab berişdi.
"Preparat biz iş olib borgan barça bemorlarga ham birdek ta'sir körsatmadi. Biroq ularning barçasida saratonni bartaraf etiş vazifasini yaxşi uddalagan va uning ta'siri uzoq vaqt davomida barqaror bölgani kuzatilgan. Immunoterapiya kimyo terapiyasiga nisbatan kamroq salbiy ta'sirga ega bölib, hayotni davom ettirişga kuçliroq ta'sir körsatadi", - dedi Nyu-York universitetidan Silviya Adams.
Sönggi yillarda molekulyar biologlar va tibbiyot xodimlari saraton, allergiya, diabet va boşqa bedavo kasalliklarga qarşi kuraşişda immunoterapiyaga köproq e'tibor qaratişmoqda. Olimlar inson immunitetini saraton hujayralariga qarşi yönaltirişmoqda, bunda turli antijismlar, tirik mikroblar va boşqa qator vositalardan foydalanişmoqda.
Adams va uning hamkasblari şunday turdagi ilk preparatlaridan biri - pembrolizumab bilan işlaşdi - u öpka saratoni, melanoma va teri saratonining boşqa turlari, şuningdek limfomaga qarşi kuraşiş maqsadida işlab çiqilgan. Bu antijismlar maxsus oqsillar faoliyatini bloklab, ösimtaga emas, immun hujayralariga ta'sir körsatadi.
Bu antijismlarning boşqa turdagi saratonga qarşi kuraşdagi yuqori samarasi uni kökrak bezi saratonining eng xavfli turlarida qöllab körişga turtki berdi.












