Yaqin Şarqda navbatdagi siyosiy keskinlik öçoği paydo bölişi ehtimoli neft narxlari kötarilişiga sabab böldi. 

Şunday qilib, Brent navli neftning Londonning ICE Futures birjasida avgust oyi fyuçersi uçun narxi (Toşkent vaqti bilan soat 10:10da) 0,63 dollarga qimmatlaşib (1,26 foiz), bir barreli 50,58 dollardan sotildi. Bozorning ötgan hafta juma kuni yopilişida uşbu neft fyuçerslari 0,68 dollar (1,34 foiz)ga arzonlaşib, bir barreli 49,95 dollardan sotilgandi. 

Nyu York xom aşyo birjasi (NYMEX) elektron savdolarida WTI nefti fyuçersi 0,61 dollar (1,28 foiz)ga qimmatlaşib, bir barreli 48,27 dollarni taşkil etgan. Şartnoma 0,7 dollar (1,45 foiz)ga qimmatlaşib, avvalgi savdo sessiyasi natijasiga köra, bir barreli 47,66 dollardan tuzilgan edi. 

Jahon OAVlarining BAA, Saudiya Arabistoni, Bahrayn va Misr Qatar bilan diplomatik va konsullik munosabatlarini buzgani töğrisidagi xabarlari neft bozoriga şunday ta'sir körsatdi. 

Diplomatik mojaro, hozirça, bu xom aşyo yetkazib berilişiga ta'sir körsatmagan bölsa-da, uzilişlar bölişi ehtimoli bor. AQŞ energetika vazirligiga köra, Örmuz böğozi orqali dengiz yöli orqali yetkazib beriladigan neftning 30 foizi taşiladi.