Moskvadagi joriy may oyi 21-asrdagi eng sovuği böldi. Bu haqda Rossiya Gidrometsentrida ma'lum qilindi.
"Moskvada may oyi 21-asrdagi eng sovuği böldi, harorat (10,9 gradus) me'yordagidan 2,2 gradusga past bölgan", deb ta'kidlandi meteoxizmatda. May oyida Moskvaga 84 mm lik yoğingarçilik tuşdi, bu esa me'yordagidan 164 foiz köproqni taşkil qilgan. Umuman olganda, Moskvada bahor fasli iliq mart oyi hisobiga me'yorga yaqin böldi.
Yoğingarçilik miqdori böyiça 2017 yilgi bahor Moskvada eng sernami böldi, bahorning 3 oyida ham yoğingarçilik me'yordan köp böldi. Umuman Rossiya böyiça bahorda örtaça harorat eng yuqori körsatkiçlarning birinçi poğonasini egalladi. U bu borada 2014 yil bahoridagi körsatkiçni qaytardi.
Joriy yildagi noodatiy iliq mart Rossiyaning Yevropa qismida salqin aprel bilan, söngra sovuq may bilan almaşdi. Uralda butun bahor juda iliq böldi, örtaça harorat bu yerda 4-6 gradusga yetgan.
Uzoq Şarq şimolida ötgan bahor uning tarixidagi eng iliği böldi, janubi va Sibirda esa eng iliq haroratlar uçtaligiga kirdi.
Ötgan baho Xitoy, Örta Şarq, Ğarbiy Yevropa, Afrika şimoli-ğarbida, AQŞ janubi-ğarbida va Meksika şimolida ham noodatiy iliq böldi. Bu hududlarda havo harorati me'yordagidan 2 gradusga va undan köproqqa iliqroq böldi. Şimoliy yarimşarda bahordagi örtaça harorat faqatgina 2016 yilgi körsatkiçdan pastroq böldi.












