Eron Islom Respublikasi oliy rahbari Sayyid Ali Xominaiy AQŞga işonib bölmasligini, bu haqda hatto endilikda Yevropaning ba'zi bir davlatlari rahbarlari ham aytişayotganini ta'kidlagan, deya xabar beradi ISNA agentligi.

Xominaiyning qayd etişiça, bir neça ön yil yilgari Islom inqilobi yetakçisi oyatulloh Xumayniy AQŞga işonib bölmasligini u «katta iblis» ekanligini ta'kidlagan edi. 

«Endi oradan öttiz yildan ziyod vaqt ötib, Yevropadagi ba'zi bir davlatlar rahbarlari AQŞga işonib bölmasligini aytib, bu faktni tan olişmoqda...» — degan Xominaiy 28 yil muqaddam vafot etgan Islom inqilobi yetakçisi oyatulloh Xumayniyning xotirasiga bağişlangan marosimda sözga çiqib.