Yevropa Ittifoqi tomonidan amalga oşirilayotgan oçiq çegaralar siyosati ayançli oqibatlarga olib kelmoqda. Bunday fikrni Polşa içki işlar vaziri Mariuş Blaşak Londonda sodir etilgan oxirgi teraktga izoh beriş davomida bildirdi.
"Migratsiya siyosatini özgartiriş kerak... Bu borada qat'iy çoralar, izçil harakatlar qabul qilinişi lozim. Bunday harakatlarning unsurlaridan biri Şimoliy Afrika, Yaqin Şarq mamlakatlaridan musulmon muhojirlari uçun oçiq eşiklar siyosatini tugatiş hisoblanadi", deb aytdi Blaşak.
Uning ta'kidlaşiça, köp madaniyatlilik va siyosiy xuşmuomalalikka yöl qöyiş "yomon oqibatlarga olib keladi". Şu munosabat bilan u Polşaga Yevrokomissiya tomonidan uqtirilayotgan qoçqinlarni joylaştiriş siyosatida öz davlatining iştirok etişi imkoni yöqligini ta'kidlab ötdi.
"Ğarbiy Yevropada terrorçilar amalga oşirayotgan terrorçilik hujumlari bu şunçaki köngilsiz voqealar emas, balki faktdir", deb hisoblamoqda polşalik vazir.












