Dortmundning «Borussiya» klubi Peter Bosni yangi boş murabbiy sifatida taniştirdi.

Klub uşbu niderlandiyalik 53 yoşli mutaxassis bilan 2019 yilgaça şartnoma imzolagan.

«Borussiya» «Ayaks» uç million yevro miqdorida tovon puli tölagan. Bosning öziga 4 million yevro miqdoridagi yillik maoş tayinlangan.

«Ayaks»dagi birinçi mavsumida Bos jamoani Yevropa Ligasi finaliga yetaklab keldi. Bungaça u AGOVV, «De Grafşap», «Herakles», «Vitess» va «Makkabi» jamoalarini boşqargan, şuningdek «Feyyenoord» klubi direktori bölib işlagan.

Tomas Tuxelning işdan böşatilişidan keyin «Borussiyaga» Lyusen Favr kelişi haqida aytilgandi, ammo «Nitstsa» öz murabbiyini qöyib yubormadi.