Germaniyaning Kassel şahrida argentinalik haykaltaroş Marta Minuxin turli davlatlarda turli davrlarda taqiqlangan yuzlab kitoblardan foydalanib, qadimiy yunon ibodatxonasining nusxasini barpo etdi.
Hozir Documenta zamonaviy san'at xalqaro körgazmasi ötayotgan Kasseldagi ibodatxona uçun kitoblar butun dunyodagi naşriyotlar va yozuvçilar tomondan jönatilgan.
Ibodatxona "ğiştlari" orasida Boris Pasternakning bir neça davlatlarda taqiqlangan "Doktor Jivago", Servantesning " Don Kixot"i, Erix-Mariya Remarkning "Ğarbiy frontda özgarişlarsiz", Fransa Kafkaning "Özgariş" asarlari bor.

Bu kitoblardan Qadimgi Afinadagi Parfenon ibodatxonasining kiçraytirilgan nusxasining ustunlari, devorlari va poli barpo etildi. Obektga maxsus yoritgiçlar örnatilgan bölib, ğoyaga köra, ular antiqa inşootni har tun yoritib turadi.















