Hindistonda işlab çiqarilgan eng katta raketa Bengal körfazidagi Şrixarikota orolidagi kosmodromdan sun'iy yöldoş bilan koinotga uçirildi. Agar sinovlar muvaffaqiyatli ötsa, unda bu raketa-taşuvçi orbitaga boşqariluvçi kemalarni olib çiqiş uçun qöllanişi mumkin.

Raketa Satiş Dxavan nomidagi Koinot markazidagi parvoz maydonçasidan uçirildi. Geosynchronous Satellite Launch Vehicle-Mark III (GSLV-Mk III) deb nomlangan bu raketani yaratiş ustida 15 yil işlandi. Raketa oğirligi 640 tonna kelib, balandligi 43 metrni taşkil qiladi. 

GSLV-Mk III orbitaga yetkazişi kerak bölgan GSAT-19 sun'iy yöldoşi 3 tonnadan oğirroq bölib, bu Hindiston koinot sohasi uçun rekord körsatkiç hisoblanadi. Bunday oğirlikdagi sun'iy yöldoşlarni fazoga faqatgina AQŞ, Rossiya, Yevropa koinot agentligi, Xitoy va Yaponiyagina jönata olgan. 

Hisob-kitoblarga köra, yangi raketa geostatsionar orbitaga 4 tonnagaça, yer atrofidagi pastqam orbitaga esa 10 tonnagaça yuk olib çiqa oladi. Hindistonning koinot tadqiqotlari taşkiloti rahbari Alur Silin Kiran Kumar agar missiya muvaffaqiyatli amalga oşsa, unda raketa-taşuvçi bilan kelajakda koinotga hind fazogirlarini yuboriş mumkinligiga umid bildirdi.

Hindistonda yangi raketadan taşqari fazoga 2,5 tonna yuk olib çiqa oladigan Polar Satellite Launch Vehicle va GSLV-Mk II raketalari mavjud.