Jazirama yoz fasli kirib kelişi bilan salqin, bahavo joyni izlay boşlaymiz. Ayniqsa, yozning qaynoq harorati kuni böyi işlaydiganlarni çarçatib qöyadi.
Bu vaqtda esa zamonaviy texnologiyalar yordamidan foydalanişga töğri keladi.
Konditsioner – xonaning havosini tozalab, yozda salqinlik ulaşuvçi işonçli döstdir. Har bir dökon iste'molçilarga önlab modellarni taqdim etadi, biroq uni sotib olişda köp jihatlarga e'tibor qaratiş zarur.
Konditsioner tanlaşda ahamiyat beriş zarur bölgan 3 oltin qoidani e'tiboringizga havola etamiz.
1. Xona ölçamini hisoblaş
Konditsioner quvvati boşqa qurilmalardagidek kilovatt bilan emas, balki BIB (Britaniya Issiklik Birligi, BTU - British Thermal Unit)da ölçanadi. Konditsioner quvvatini xonadon hajmiga moslab ölçaş uçun maxsus formulalar mavjud. Lekin bu formulalar örniga, oddiy va qulay jadvalni havola qiliş maqsadga muvofiq deb topdik:

Agar xona quyoşli yoki soya tomonda joylaşgan bölsa, xonadonda köpçilik istiqomat qilsa yoki konditsionerni oşxonaga yaqin joyga örnatmoqçi bölsangiz, unda yuqoridagi jadval hisobidan biroz quvvatliroq konditsioner tanlaganingiz ma'qul.
2. Konditsioner turlarini farqlaş
Oddiy split-tizim – eng ommabop konditsioner modeli va xonadonlarga örnatiş uçun möljallangan eng yaxşi variant. Uning yana bir afzalligi şundaki, şovqin darajasi past hamda turli xil qöşimça imkoniyatlarga ega: masofaviy boşqaruv, havo tozalaşning turli filtrlari, taymer, +16dan +30 °Cgacha bölgan xona haroratini boşqariş va boşqalar.

Invertorli konditsionerlar quvvatni bir maromda rostlab, doimiy haroratni saqlab qoladi va yoqilişi bilanoq xonani bir zumda sovutiş imkoniga ega. Şuningdek, kam elektr energiya sarflaydi. Agar narxining yuqoriligini hisobga olmasa, juda yaxşi tanlov bölişi mumkin. Foydali jihati şundaki, invertorli konditsionerlar öz quvvatini xonaning haroratidan kelib çiqib sarflaydi, natijada elektr toki sezilarli darajada tejaladi.













