Şanxay hamkorlik taşkilotining ötgan yili iyul oyining 23–24 sanalarida Toşkentda bölib ötgan 21-sammit yakunida Özbekiston Respublikasi Birinçi prezidenti Islom Karimov ŞHTga a'zo davlat rahbarlarining navbatdagi uçraşuvi 2017 yil iyun oyining boşida Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida bölib ötişini ta'kidlagan edi.

Bugun «Özbekiston» teleradiokanalining «Axborot» informatsiion dasturi orqali ma'lum qilinişiça, prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev 8–9 iyun kunlari Ostona şahrida bölib ötadigan ŞHT davlat rahbarlari Kengaşi yiğilişida iştirok etadi.

ŞHTga a'zo davlatlar rahbarlari taşkilotning joriy faoliyati va istiqboldagi vazifalarini muhokama etib, ayni paytda dolzarb bölib turgan mintaqavaiy va xalqaro muammolar böyiça fikr almaşadilar. Şuningdek, 2017–2018 yillarda taşkilotga rahbarlik qiluvçi davlat haqidagi masalani örganib çiqadilar.

Ostona şahrida ŞHTning Toşkent sammitida qabul qilingan qarorlarni amalga oşiriş doirasida Hindiston va Pokistonni a'zo-davlatlar sifatida taşkilotga qabul qiliş jarayoni nihoyasiga yetkaziladi.

Şuningdek, Ostonada garçi Tojikiston Respublikasi qarşi bölib turgan esa-da, Rossiya tomonidan qöllanilayotgan, Eronning ham taşkilotga a'zo böliş masalasi ham muhokama etilişi ehtimoli bor.

Şavkat Mirziyoyev Ostona sammiti doirasida ötkaziladigan Expo-2017 maxsus körgazmasi oçilişida ham iştirok etadi va u yerda bir qator xorijiy delegatsiyalar rahbarlari, jumladan, Çexiya prezidenti Miloş Zeman bilan ikkitomonlama uçraşuvlar ötkazadi.

Şanxay hamkorlik taşkiloti 1996 yilda «Şanxay beşligi» nomi ostida taşkil etilgan va unga Rossiya, Xitoy, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston asos solişgan. 2001 yilda taşkilotga Özbekiston ham a'zo bölgaç, uning nomi «Şanxay hamkorlik taşkiloti» deb özgartirilgan. Özbekiston uç bor — 2004, 2010 va 2016 yillarda taşkilot sammitiga mezbonlik qilgan.

2017 yildan unga Hindiston va Pokiston tölaqonli a'zo bölib qabul qilingaç, taşkilotga a'zo davlatlar soni 8 taga yetadi.

Ayni paytda tört davlat taşkilotda kuzatuvçi maqomiga ega. Bular: Afğoniston, Belarus, Eron va Möğuliston. Kuzatuvçilik maqomiga erişiş uçun ariza bergan yana uç davlat bor: Suriya, Misr va Bangladeş.

Muloqot böyiça hamkor davlatlar: Ozarboyjon, Armaniston, Kamboja, Nepal, Turkiya, Şri-Lanka.