AQŞ prezidenti Donald Tramp qator mamlakatlar fuqarolarining Amerikaga kirişini taqiqlaşni közda tutuvçi immigratsion farmoni himoyasiga çiqiş qildi, şu bilan birga hujjatning Oliy sudda körib çiqilişini tezlaştirişga çaqirdi. 

"Adliya vazirligi Oliy sudda mamlakatga kirişga taqiqlovçi farmon tezkorlik bilan körib çiqilişi va bu borada yanada qat'iyroq versiyaga erişişi kerak", - deb yozdi u öz Twitter'ida. 

Oq uy rahbari AQŞ mamlakatga kirayotgan şaxslar tekşiruviga köproq e'tibor qaratişi lozimligini ta'kidladi va bu masalada sudlarning sekin işlaşi va siyosiylaşuvini qoraladi.