Buyuk britaniyalik olimlar tovuq tuxumining zarari haqidagi miş-mişlarga çek qöyişdi. Ma'lum bölişiça, tuxumlarni iste'mol qiliş tanada zararli xolesterin moddasi işlab çiqarilişi yoki ortiqça vazn töplanişiga sabab bölmaydi. Aksinça, jismini bir me'yorga keltirmoqçi bölganlar, tuxumlarni tanovul qilişni töxtatmasliklari kerak. 

Liverpul universiteti xodimlari 450 kişi iştirokida tajriba ötkazib, şunday xulosaga kelişdi. Örtaça yoşi 44ni taşkil etgan köngillilar 3 oy mobaynida past kaloriyali parhez tutişdi, ammo köngillilar guruhlaridan biriga kuniga ikkitadan tovuq tuxumi iste'mol qilişga ruxsat berişdi.

Olimlar tadqiqot ötkaziş muddati yakuniga yetganida «mijozlari»ni körikdan ötkazişdi. Aniqlanişiça, ikkala guruh vakillari ham bir xil vazn taşlaşga, ya'ni 3,5-4,5 kg ozişga muvaffaq bölgan. Asosiysi, ularning har birining qon tarkibida xolesterin darajasi kamaygan. 

«Uşbu ma'lumotlar asosida aytiş mumkinki, unça köp bölmagan miqdorda tovuq tuxumi iste'mol qiliş vazn töplaşga olib kelmaydi, aksinça tarkibida protein bölgani sababli tezroq sportça qomatni şakllantirişga yordam beradi», – degan ilmiy iş muallifi doktor Nikolas Harman.

Bundan taşqari, olimning qayd etişiça, na tovuq tuxumi, na bedana tuxumi yomon xolesterinning qonga aralaşuvini kupaytiradi. «Asosiysi, ularni sariyoğda qovurmaslik. Iloji bölsa, buğqozonda pişirgan maqsadga muvofiq», - deya tavsiya qiladi ekspert.