Hindistonning moliyaviy va korporativ işlar böyiça kiçik vaziri Arjan Ram Meval uyali aloqa signalini tutib, öz yordamçilariga qönğiroq qiliş uçun narvonga kötarilişiga töğri keldi.

"Sinxua" axborot agentligining ma'lum qilişiça, vazir qişloqlardan biriga taşrifi vaqtida mahalliy aholidan nobarqaror uyali aloqa signali borasida şikoyatlar olgan. U joyning özida mas'ul şaxslar bilan boğlanib, qişloq aholisiga bu muammoni hal qilişda yordam bermoqçi bölgan. Biroq u uyali aloqa signalini uşlay olmagan.

Qişloq aholisi esa Mevalga signalni tutiş uçun yuqoriroqqa kötarilişni taklif qilib, unga daraxtga suyab narvon qöyib bergan.