Kriptovalyutalar (virtual pul) bozorining kapitallaşuvi 5 iyundan 6 iyunga ötar keçasi 100 mlrd dollardan oşdi. Bu raqam eng çöqqiga çiqqan vaqtda 101,913 mlrd dollarni qayd etgan. Bu Amerikaning köplab yirik kompaniyalari kapitallaşuvi bilan barobardir.
Xususan, Bitcoin kursi 2999,91 dollargaça kötarildi, deb xabar qilmoqda forklog Coinmarketcap körsatkiçlariga asoslangan holda. Şunday qilib, kriptovalyutalarning 100 mlrd dollaridan 46 mlrdi aynan bitkoin virtual puliga töğri keladi.
Bu ösişga osiyo bozorlaridagi faollik turtki bergan. Jumladan, Yaponiyaning BitFler, Koreyaning Bithum va Xitoyning OKCoin Huobi birjalari bitkoin uçun asosiy taklifni şakllantiradi. Uşbu savdo maydonlaridagi narxlar esa Amerika va Yevropa bozorlaridagi qaraganda ança yuqoridir.
Masalan, OKCoin birjasida bitkoin 2940 dollardan sotilayotgan bölsa, Bitstamp birjasida uning qiymati 2820 dollar atrofida.
Aytiş joizki, may oyi oxirida kriptovalyutalar bozori kapitallaşuvi keskin ösişni qayd etgan edi. Biroq, keyinçalik, ikki kun içida 30 mlrd dollarni yöqotdi. Umuman, bitkoin yil boşidan 150 foizga qimmatlaşdi. 25 may kuni kriptovalyuta bir kun içida 2500, 2600 va 2700 dollargaça kötarilgan va öz tarixida birinçi marta 2800 dollarga yaqinlaşgan edi.












