Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ma'lum qilişiça, NATO Rossiya bilan qöşni bölgan mintaqada öz harbiy salohiyati va infratuzilmasini kuçaytirib, 1997 yildagi Rossiya-NATO Asosiy aktini qöpol ravişda buzmoqda. Bu haqda TASS xabar bergan.

Taşqi işlar vaziri bu haqda Kaliningradda Immanuil Kant nomidagi Boltiq federal universiteti talabalari oldida çiqiş qilib aytib ötdi.

«Bugun alyansda qabul qilinayotgan qarorlar Rossiya-NATO akti bandlarini qöpol ravişda buzmoqda», - dedi u.

Lavrovning sözlariga köra, Rossiya bilan çegaradagi mintaqalar, jumladan, Kaliningrad viloyati bilan çegarada harbiy faoliyat kölami keskin oşgan.