Rossiyaning «Terek» klubi qayta nomlandi. Klub boş direktori Axmed Aydamirovning sözlariga köra, klub kengaşi klubga «Axmat» nomini berişga qaror qilgan.
«Terek» rostdan ham «Axmat» deya qayta nomlandi. Klub kengaşi şunday qaror qabul qildi. Respublika rahbaridan uşbu qarorni tasdiqlaş iltimos qilingan maktub yöllangan. Hujjatlar Adliya vazirligi va RFPLga ham yöllangan. Çempionat boşlanguniga qadar jarayonni yakunlaşga umid qilamiz», — degan Aydamirov.
RFPLning yakunlangan mavsumida «Terek» turnir jadvalida beşinçi örinni egalladi va yevrokuboklardan çetda qoldi.
Qayd etiş kerakki, Çeçenistonning birinçi prezidenti, hozirgi prezident Ramzan Qodirovning otasi Axmat Qodirov nomi respublikadagi sport inşootlari va klublarga berilgan. Xususan, «Terek»ning uy öyinlari ötkaziladigan arena ham uning nomi bilan atalgan.











