Aka-uka oilasi bilan ota hovlida birga yaşardilar. Vaqt ötişi bilan ikki ovsin va oğa-inilar örtasiga turli sabablarga köra sovuqçilik tuşdi. Jamol akasi Şerali va yangasi Jamilaga “Bu hovli menga tegişli, sizlar uy qurib, çiqib ketinglar”, deb talab qila boşladi. Ana şunday gaplar Jamol va yangasi Jamila örtasida kelişmovçilikni yuzaga keltirdi. Ular bir-biri bilan gaplaşmas, Jamol uyga mast bölib kelganida, albatta Jamila bilan janjal çiqarardi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Şerali toş teruvçi usta edi. Kunlarning birida u ukasini ham işga birga olib ketdi. Keç bölganida esa uylariga qaytişdi.

-  Bugun ança yaxşi işladik, - dedi yölda kelayotganlarida Şerali ukasi Jamol va şerigi Akmalga. – Şu sabab xöjayin ozroq pul bergan edi. Yuringlar, şu pullarga senlarga “ziyofat” beraman.

Şundan söng uçalasi dökonlardan biriga kirib, spirtli içimlik olib içişdi. Ammo Jamol bunga qanoat qilmadi.

-  Sizlar ketaveringlar, men keyinroq boraman, - dedi u.

Ukasining fe'lini yaxşi bilgan Şerali indamadi. Akmal bilan dökondan çiqib, uyiga ketdi. Jamol esa yana içdi. Bunga ham qanoat qilmay uyida içiş maqsadida bir neçta spirtli içimlikni ham oldi. Bu paytda içimlik öz ta'sirini körsatib, Jamol ança mast bölib qolgan edi. U bir amallab uyiga kirib kelganida onasi Nazira va turmuş örtoği Nigora supada çoy içib ötirişgan ekan. Jamol ularning yoniga ötirib, olib kelganini içdi.

Endilikda u özini idora qilolmas, oğzidan har xil bölmağur sözlar çiqa boşladi. Bu paytda Jamila iş bilan uyidan çiqib qoldi. Uni körgan Jamol esa yanada “qutur”di. Yangasini kurakda turmas sözlar bilan haqorat qila boşladi.

-  Men sizga nima qildim, nimaga meni haqorat qilasiz? – dedi Jamila.

Bu gap esa qizib turgan moyga gugurt çaqqandek böldi. Jamol nojoiz sözlar bilan haqoratlaşni yanada avj oldirdi. Qaynukasining mastligini, unga hozir bas kelib bölmasligini bilgan Jamila “E, bor-ye”, deya ortiga qaytdi.

Bu muomalaga çiday olmagan Jamol şaxt bilan örnidan turdi. Jamilaga yetib olib, uning yuziga bir muşt tuşirdi. Özini önglab olgan Jamila esa Jamolni itarib yubordi. Mastlik natijasida şundoq ham oyoğida zörğa turgan Jamol yiqilib tuşdi. Örnidan turib yana urmoqçi edi onasi Nazira örtaga tuşdi. Bu holatga çiday olmagan Jamol “Hali şunaqami, hozir seni öldiraman”, deya uyiga kirib ketdi. Stol ustidan turgan oşxona piçoğini olib çiqib, Jamilaning ortidan yugurdi. Yetib olgaç, Jamilaning yelka qismiga piçoq urdi. Tanasida kuçli oğriq sezgan Jamila dodlagança uyga qoçib kirdi. Ammo Jamol bunga qanoat qilmay, Jamilaga yetib olib, uning duç kelgan joyiga piçoqni sançib olaverdi. Bu paytda şovqinni eşitib yugurib kelgan Şerali va boşqalar Jamolni taşqariga olib çiqişdi. Ammo ular ança keç qolgan edi. Oğir jarohat olgan Jamila allaqaçon hayot bilan vidolaşgan edi...