Özbekistonlik şaxmatçilar Belarus poytaxti Minsk şahrida bölib ötgan 8, 10 va 12 yoşgaça bolalar örtasida tezkor şaxmat (rapid) va blits böyiça birinçi jahon çempionatida uçta medalni qölga kiritdi. Musobaqada 25 mamlakatdan 532 nafar yoş şaxmatçi iştirok etdi. Şveytsarça tizim böyiça 5'+2″ nazorat vaqti bilan töqqizta tur öynaldi.

Şaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berişiça, 10 yoşgaça bolalar örtasida blits böyiça oçiq bellaşuvlarda Islombek Sindorov oltin, Abdulbosit Şarifjonov kumuş medalni qölga kiritdi. Qayd etiş joizki, har ikki şaxmatçi ham 8 oçkodan töpladi, biroq qöşimça körsatkiçlar böyiça Islombek Sindorov öz vatandoşidan özib ketdi. Uçinçi örinni 7 oçko töplagan rossiyalik Leonid Listsov egalladi.

Rapid böyiça bolalar jahon çempionati yakunlari böyiça Islombek Sindorov 10 yoşgaça bolalar örtasida kumuş medalga sazovor böldi.