Amerikalik aktyor Jorj Kluni va uning turmuş örtoği Amal Kluni egizakli bölişdi - öğil va qiz. Bu haqida BBC News aktyorning vakili Sten Rozenfild bergan ma'lumotga asoslanib xabar berdi. 

Manbaga köra, juftlik öz farzandlariga Ella va Aleksandr deya ism bergan. 

"Ella, Aleksandr va Amal - ularning bari soğ-salomat, baxtli va özini yaxşi his qilmoqda", - dedi Rozenfild va tabassum bilan "Jorj öziga kelgani va bir neça kundan keyin safga qaytişi"ni aytib qöşimça qildi. 

Aktyorning turmuş örtoği Amal Kluni - asli livanlik bölgan, Britaniyada faoliyat yurituvçi advokat. Juftlik 2014 yilda Venetsiyada nikoh töyini ötkazgan.

Ta'kidlaş joizki, 2017 yilning fevralida Kluni kino olamiga qöşgan hissasi uçun nufuzli "Sezar" mukofotini qölga kiritgan.