Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng katta daromad oluvchi sportchilari ma'lum qilindi
Madridning "Real" klubi va Portugaliya terma jamoasining hujumchisi Krishtianu Ronaldu Forbes jurnali talqini bo‘yicha ketma-ket ikkinchi yil dunyoning eng katta daromad oluvchi sportchilari reytingining eng yuqori pog‘onasini egalladi.
Futbolchi 2016 yil davomida 93 mln dollar ishlab topa oldi. U bundan 58 mln dollarini asosiy faoliyatidan maosh va bonuslar tarzida olgan, qolgan summani esa homiylardan olingan daromad tashkil qiladi.
Bu borada 2-o‘rinni AQShning Milliy basketbol uyushmasi (MBU) basketbolchisi Lebron Jyeyms egalladi, u 2016 yil ichida 86,2 mln dollar ishlab topgan. 3-o‘rinni yana bir futbolchi – "Barselona" a'zosi Lionel Messi 80 mln dollarlik daromad bilan egalladi.
Reytingning yetakchi o‘ntaligidan MBUning yana uch vakili: amerikalik Kevin Dyurant (5-o‘rin, 60,6 mln dollar), Stefen Karri (8-o‘rin, 47,3 mln dollar) va Jyeyms Xarden (9-o‘rin, 46,6 mln dollar) o‘rin oldi. Qolgan o‘rinlarni shveysariyalik tennischi Rojyer Federer (4-o‘rin, 64 mln dollar), shimoliy irlandiyalik golfchi Rori Makilroy (6-o‘rin, 50 mln dollar), amerikancha futbol o‘yinchisi Endryu Lak (7-o‘rin, 50 mln dollar) va "Formula-1" poygachisi, britaniyalik Lyuis Xemilton (10-o‘rin, 46 mln dollar) egalladi.
Mavzuga oid
18:03 / 11.06.2026
Messi va Ronalduda 6-mundial, Mbappe Klozedan o‘tishi mumkin. JCh-2026 intrigalari
16:03 / 27.05.2026
Forbes dunyoning eng serdaromad sportchilari reytingini e’lon qildi
11:34 / 22.05.2026
Ronaldu nihoyat Saudiyada chempion bo‘ldi
20:28 / 19.05.2026