Tojikiston taşqi işlar vazirligining xalqaro taşkilotlar boşqarmasi boşliği örinbosari, mamlakat prezidenti Imomali Rahmonning qizi Ruhşona Rahmonova özining “Diplomatik xizmat asoslari” kitobini taqdim etdi. 

Kitobning taqdimot marosimida taşqi siyosat idorasi xodimlari, diplomatik xizmat faxriylari, xalqaro munosabatlar böyiça olimlar va mutaxassislar iştirok etdi, deyiladi Tojikiston TIV saytida.

TIV saytida ta'kidlanişiça, marosimda söz olganlar, prezident qizining kitobi Tojikiston taşqi siyosatini amalga oşiriş böyiça siyosiy va huquqiy yondaşuvlar aks ettirilgan ilk kitobligini qayd etişgan.

Kitobda Tojikistonning BMT va boşqa xalqaro hamda mintaqaviy taşkilotlar bilan hamkorligi haqida söz yuritiladi, tojik diplomatiyasining tarixi keltiriladi, şuningdek, Tojikistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari haqida umumiy ma'lumot beriladi.

Ruhşona Rahmonova Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning yetti nafar qizidan biridir. U ötgan yilning noyabrida Tojikiston TIVning boşqarmalaridan biriga boşliq örinbosari etib tayinladi. Bunga qadar Ruhşona Rahmonova Tojikistonning Britaniyadagi elçixonasida işlagan.

Rahmonovaning turmuş örtoği Şamsullo Sohibov Tojikiston qişki sport turlari milliy assotsiatsiyasi prezidenti sanaladi.

Prezidentning katta öğli Rustam Imomali Duşanbe hokimi bölsa, qizi Ozoda Rahmon – prezident devoni rahbaridir. Ozodaning turmuş örtoği - Jamoliddin Nuraliyev Tojikiston milliy banki raisi örinbosari sifatida işlaydi.