«Çelsi» jamoasi boş murabbiyi Antonio Konte jamoa hujumçisi Diyego Kostaga u keyingi mavsum uçun rejalariga kirmasligini ma'lum qilgan. Bu haqda 28 yoşli hujumçining özi Ispaniya va Kolumbiya terma jamoalari örtasida keçgan örtoqlik uçraşuvidan keyin jurnalistlarga ma'lum qilgan.

«Mavsum davomida murabbiy bilan munosabatlarim yomonlaşdi. Balki, men yaxşi öynay olmagandirman.

Konte menga sms yozdi. U meni keyingi mavsum uçun rejalariga kiritmagan. Şunday ekan, men yangi klub izlaşimga töğri keladi.

«Atletiko»ga qaytamanmi? Yomon bölmasdi, lekin yaxşilab öylab oliş kerak. Keyingi mavsumda jahon çempionati böladi, men esa bu jamoaga ötsam, 3-4 oy öynamasligim kerak», — deya Kostaning sözlarini keltirgan Daily Mail.

Eslatib ötamiz, «Atletiko»ga 2018 yilning yanvariga qadar yangi futbolçilarni tarkibga jalb etiş taqiqlangan.

Bundan oldinroq Diyego Kostaning xizmatlariga «Milan»dan qiziqiş mavjudligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Yakunlangan mavsumda ispaniyalik uşbu hujumçi Angliya çempionatining 35 uçraşuvida maydonga tuşdi va 20 gol urib, 10 golga assistentlik qilgandi.