Bugun, 8 iyun kuni Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida Şanxay hamkorlik taşkiloti sammiti oçiladi. Asosiy tadbirlar juma kuniga belgilangan, bugun iştirokçilar uçun badiiy dasturlar taşkillaştiriladi.

Sammitga keladigan mehmonlar ŞHT davlatlari rahbarlarining 17-yiğilişiga bağişlangan konsertda bölişadi.

Şanxay hamkorlik taşkiloti 1996 yilda «Şanxay beşligi» nomi ostida taşkil etilgan va unga Rossiya, Xitoy, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston asos solişgan. 2001 yilda taşkilotga Özbekiston ham a'zo bölgaç, uning nomi «Şanxay hamkorlik taşkiloti» deb özgartirilgan. Özbekiston uç bor — 2004, 2010 va 2016 yillarda taşkilot sammitiga mezbonlik qilgan. 2016 yilgi sammitda taşkilotga Hindiston va Pokistonni qabul qiliş böyiça memorandum imzolangan. Ostonadagi sammit çoğida bu davlatlar tölaqonli a'zolarga aylanadi va  taşkilotga a'zo davlatlar soni 8 taga yetadi.

Ayni paytda tört davlat taşkilotda kuzatuvçi maqomiga ega. Bular: Afğoniston, Belarus, Eron va Möğuliston. Kuzatuvçilik maqomiga erişiş uçun ariza bergan yana uç davlat bor: Suriya, Misr va Bangladeş.

Muloqot böyiça hamkor davlatlar: Ozarboyjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya, Şri-Lanka.

Tarixiy sammit
Pokiston va Hindistonning aynan şu sammitda taşkilot a'zolariga aylanişi muhim voqea bölişi kutilmoqda. Bu voqea taşkilotni yangi darajaga kötarişi, xalqaro maydondagi nufuzi ortişiga xizmat qilişi mumkin.

Qozoğiston TIV rahbari Qayrat Abdrahmanov oldindagi sammitni "tarixiy" deb atadi va Hindiston hamda Pokistonning taşkilotga a'zo bölib kirişi ŞHTning hududiy faoliyati kengayişini ta'minlaşini qayd etdi.

U şuningdek, yiğiliş qatnaşçilari bir qator hujjatlarni imzolaşi kutilayotgani haqida ma'lum qildi: davlat rahbarlari Ostona deklaratsiyasini imzolaşadi, ŞHTning ekstremizmga qarşi Konventsiyasini qabul qiladi. Jami 11ta hujjat imzolanişi kutilmoqda. Şuningdek, davlat rahbarlarining kengaytirilgan tartibda va tor doiralardagi muzokaralari ötkazilişi rejalaştirilgan. Siyosatçilar ŞHTdagi vaziyatni baholab, kelgusidagi qadamlarni belgilab olişadi.

Sammit yakunida taşkilotga raislik Qozoğistondan Xitoyga ötadi. 2018 yilning iyunida Pekinda ŞHTning navbatdagi yiğilişi ötkaziladi.

Iqtisodga e'tibor
Ostona sammiti arafasida ŞHT işçi kengaşi boşqarmasi yiğilişi ötkazildi. Bu yiğiliş iqtisodiy salohiyatni mustahkamlaş va uzoq muddatli rivojlaniş strategiyasini hayotga tatbiq etiş masalalariga bağişlandi.