Bugun Xalqaro Press-klub (XPK)da Özbekiston oliy ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va 2017-2018 öquv yili uçun abituriyentlar qabuliga bağişlangan anjuman bölib ötdi.
"Kun.uz" xodimining sözlariga köra, anjumanda 2017-2018 öquv yilidagi OTMlarga kiriş imtihonlarida şaffoflik masalasi kötarildi.
"Hozir Toşkent Axborot texnologiyalari universiteti taşabbusi bilan şunday usul sinab körilmoqda. Bu juda katta qulayliklarga olib keladi, albatta", - deyildi XPKda.
Şaffoflik masalasida, ma'lum bölişiça, hozirda abituriyentlarning OTMlarga kiriş imtihonlariga qöyilişida barmoq izlari skaneri texnologiyasi sinovdan ötkaziladi. Biroq barça filiallarda ham uşbu texnologiyani joriy qiliş imkoni mavjud emas, çunki bir institutga hujjat topşirgan abituriyentlar bir neça binoda imtihondan ötadi, ularning har birida bu texnologiyani joriy qiliş imkoni hozirça yöq.
Şuningdek anjumanda har bir abituriyentning bu jarayondan ötişining öziga kamida 20 soniya vaqt ketişi va agar şu kabi texnik muammolar bartaraf etilsa, maqsadga muvofiq bölişi ta'kidlandi.
Milliy universitet rektori bu borada quyidagi yangiligi bilan bölişdi:
"Axborot texnologiyalari universiteti bilan birga yangi texnologiyalarni joriy qilişga kirişdik. Bu yerda dasturiy vositalarning işonçliligi, xavfsizligi masalalari ham bor - ularni hal qilmay, keyingi bosqiçga ötib bölmaydi.
Yangiliklarimizdan biri, joriy yilda Özbekiston Milliy universiteti hududida bepul wi-fi örnatiladi, u universitetning butun hududini qamrab oladi.
Yana bir yangilik - Axborot texnologiyalari universiteti barmoq izlari skaneridan foydalanayotgan bölsa, biz abituriyentning yuzidan tanişga möljallangan skanerni sinovdan ötkazdik. Bu texnologiya 1-1,5 soniyada şaxsni tasdiqlab bera oladi. Biz joriy yildan boşlab ana şu texnologiyani amalda qöllab körmoqçimiz".












