Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Tehronda yuz bergan teraktlar oqibatida odamlar halok bölgani munosabati bilan Eron prezidenti Hasan Ruhoniyga hamdardlik bildirdi. Prezident maktubi matni ÖzA tomonidan e'lon qilindi.
«Eronning parlament binosida hamda oyatulloh Xumayniy maqbarasida sodir etilgan terrorçilik harakatlari oqibatida köplab insonlarning nobud bölgani va oğir jarohat olgani haqidagi xabar bizni qattiq qayğuga soldi.
Özbekiston uşbu qabih terrorçilik xurujlarini, ular qanday şakl va mazmunda bölişidan qat'iy nazar, keskin qoralaydi hamda mazkur baloga qarşi xalqaro miqyosda hamkorlik qiliş zarurligini yana bir bor ta'kidlaydi.
Uşbu musibatli damlarda Siz Janobi Oliylariga va Siz orqali butun Eron xalqiga çuqur ta'ziya izhor etamiz. Qurbon bölganlarning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik tuyğularimizni yetkazib qöyişingizni söraymiz. Jarohat olganlarni esa tez fursatlarda soğayib ketişini tilaymiz», deyilgan hamdardlik maktubida.
7 iyun kuni Tehronda Eron parlamenti binosi va imom Xomeyni maqbarasiga hujumlar uyuştirildi. Oxirgi ma'lumotlarga köra, uşbu teraktlar oqibatida 12 kişi halok bölgan va 40ga yaqin kişi jarohatlangan.
Teraktlar uçun javobgarlikni IŞID öz zimmasiga olgan.











