Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 8 iyun kuni Şanxay hamkorlik taşkiloti Davlat rahbarlari kengaşining navbatdagi majlisida iştirok etiş uçun Ostona şahriga keldi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Sammitda ŞHTga a'zo davlatlar rahbarlari taşkilotning bugungi holati va uni yanada rivojlantiriş istiqbollarini muhokama etişi, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb muammolari yuzasidan fikr almaşişi kutilmoqda.
Majlisda Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar örtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantiriş, ŞHT faoliyatini kengaytiriş, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlaş, şuningdek, terrorizm va diniy ekstremizmga qarşi kuraşni kuçaytiriş masalalari ham muhokama qilinadi.
Ostona şahrida ŞHTning Toşkent sammiti qarorlarini amalga oşiriş böyiça Hindiston va Pokistonni taşkilot a'zoligiga qabul qiliş jarayoni nihoyasiga yetkazilişi rejalaştirilgan.
Sammit doirasida Prezidentimizning qator delegatsiyalar rahbarlari bilan uçraşuvlari közda tutilgan.
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ostona şahrida EXPO – 2017 ixtisoslaştirilgan xalqaro körgazmaning rasmiy oçiliş marosimida ham iştirok etadi.











