Janubiy Koreya harbiylari ma'lumotlariga köra, Şimoliy Koreya 8 iyun kuni şarqiy sohillaridan bir neçta ballistik raketa, taxmin qilinişiça, kemalarga qarşi qanotli raketalar uçirgan. Bu haqda Uonhap News axborot agentligi xabar bermoqda.
"Şimoliy Koreya Kanvon viloyatidagi Vonsan yaqinidan bugun ertalab, taxminlarça, "yer-kema" sinfidagi bir neçta snaryadlarni uçirgan", deb ma'lum qilindi Janubiy Koreya ştablari boşliqlari birlaşgan qömitasida.
Uçirilgan raketalar deyarli 200 km masofa uçib ötib, Yaponiyaga tegişli bölgan iqtisodiy hududga tuşgan.
Tokio bunga öz munosabatini bildirib, Şimoliy Koreyaga norozilik notasi yuborişga va'da bergan. Kunçiqar davlat taşqi işlar vaziri Fumio Kisida yapon harbiylari mamlakat xavfsizligiga tahdid solişi mumkin bölgan heç narsa qayd qilişmaganini ma'lum qildi. Biroq, uning ta'kidlaşiça, bunday tajovuzkor harakatlarga yöl qöyib bölmaydi.
Şimoliy Koreya oxirgi marta 29 may kuni raketa uçirgandi. Raketa şarqiy yönalişda 450 km uçib ötib, Yapon dengiziga qulagan.












