Xalqaro Press-klub (XPK)ning navbatdagi yiğilişida ma'lum qilinişiça, 2016-2017 öquv yilida birinçi marta oliy ta'lim muassasasiga imtihon topşirgan abituriyentlarning bor-yöği 30 foizigina yuqori ball olişga muvaffaq bölgan. Bu juda past körsatkiç ekani ta'kidlandi. Anjumanda qatnaşgan "Kun.uz" muxbiri şu haqida xabar berdi.

Şu munosabat bilan 2017-2018 öquv yilidagi OTMlarga kiriş imtihonlarining test savollari struktarasi qayta körib çiqilmoqda. Bu yilgi savollarning aniq va qisqa bölişi maqsad qilindi. 

XPK sessiyasida birinçi marta test sinovidan ötayotgan abituriyentlarning bunday past natijalari ularning ruhiy holatiga ham boğliq bölişi mumkinligi ta'kidlandi. Bu va boşqa omillarni hisobga olgan holda, joriy yildagi test savollari soddalaştirilişi ma'lum qilindi.