AQŞ prezidenti Donald Tramp Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda öz manbalariga iqtibos keltirgan holda Al Jazeera telekanali xabar berdi. 

Telekanal ma'lumotlariga köra, Tramp Fors körfazi davlatlarida yuzaga kelgan inqirozni hal qilişda yordam berişga tayyorligini ma'lum qilgan. 

Bir kun avval Rossiya prezidenti ham Ol Soniy bilan suhbatlaşgandi. Suhbat davomida Putin Rossiyaning inqirozli vaziyatlarni siyosiy-diplomatik yöllar bilan hal qiliş tarafdori ekanligi böyiça qat'iy pozitsiyasini tasdiqlagan.