Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun şahri qirğoqlariga böron yopirildi. Kuçli şamol va momaqaldiroq natijasida sohil böylab yonğinlar yuz bermoqda, deb xabar qildi Bloomberg.
Keyptaun va unga yaqin tumanlarda çaqmoq çaqişi tufayli yuz bergan yonğinlarda sakkiz kişi halok böldi. Naysna şahrida şifoxona xavfsiz joyga köçirildi va boş magistral yopib qöyildi.
«Kuçli şamol sabab olov şiddat bilan tarqalmoqda», - deb xabar bergan mahalliy OAV.
JAR prezidenti Jyeykob Zuma böron sabab Durbandagi xalqaro anjumanda iştirok etmaslikka qaror qildi.












