Argentina terma jamoasi örtoqlik uçraşuvida Braziliyaga qarşi maydonga tuşdi va kiçik hisobdagi ğalabani qölga kiritdi.

Avstraliyaning Melburn şahridagi «Melbourne Cricket Ground» stadionida ötkazilgan öyindagi yagona gol 45-daqiqada argentinaliklar himoyaçisi Gabriel Merkado («Sevilya») hisobiga yozildi.

Bu uçraşuv «albiseleste»ning yangi boş murabbiyi Xorxe Sampaoli uçun birinçisi edi va uning debyuti muvaffaqiyatli çiqdi. Braziliyaliklar tarkibida terma jamoa yetakçisi Neymar iştirok etmadi.

Ayni vaqtda JÇ-2018 saralaşida Braziliya guruhda birinçi örinni egallab turibdi, bu terma jamoa mundialdagi iştirokini kafolatlab bölgan. Argentina terma jamoasi esa beşinçi örinda.

Reglamentga köra, Janubiy Amerika saralaşida dastlabki 4ta örin egalari jahon çempionatida töğridan-töğri iştirok etişadi, beşinçi örin egasi Okeaniya vakiliga qarşi ötiş öyinlarida qatnaşadi.

Örtoqlik uçraşuvi
Braziliya – Argentina 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 45 Merkado.
Braziliya – Ueverton, Tiago Silva, Filipe Luis, Fagner (Rafinya, 73), Jil, Paulino (Juliano, 81), Fernandino, Villian, Renato Augusto (Duglas Kosta, 66), Koutino, Gabriel Jyezus (Tayson, 90).
Argentina – Romero, Otamendi, Maydana, Gomes (Talyafiko, 52), Merkado (Mammana, 75), Di Mariya (Akunya, 90), Bigliya, Banega (Lansini, 81), Dibala (Rodriges, 69), Messi, Iguain (Korrea, 46).
Ogohlantirişlar: Maydana (31), Paulino (78), Rafinya (80).