IŞID terrorçilik guruhining a'zolari soni 20 minggaça kişini taşkil qiladi. Bu haqda BMT boş kotibining bu guruh tomondan yuzaga keltirilayotgan tinçlik va xavfsizlikka tahdid haqidagi 5-hisobotida ma'lum qilingan.
"IŞID jangarilari soni ötgan 16 oy içida qisqardi va ayni vaqtda 12 mingdan 20 minggaça jangarini taşkil qiladi. Şu bilan birga bir qator hududlardan Iroq va Suriyaga kelayotgan jangarilar oqimi sekinlaşgan. Biroq endi jangarilarning öz vatanlariga qaytayotgani va ixtilof hududining boşqa hududlarga köçişi xalqaro xavfsizlikka jiddiy xavf solmoqda", deyilgan hisobotda.
BMTda ta'kidlanişiça, 2016 yil yanvardan beri IŞID Suriya va Iroqda doimiy bosim ostida turibdi va bir qator muvaffaqiyatsizliklarga uçragan. Biroq guruh Iroqning Mösul şahrida qarşilik körsatmoqda va Suriyaning Raqqa şahrini öz nazoratida uşlab turibdi.
Hisobotda terrorçilar tomondan xorijiy potensial terrorçilar uçun materiallarni tarqatiş va ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari bilan ularni terrorçilar safiga jalb qiliş maqsadida töğridan-töğri aloqalar örnatiş uçun internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişlari ta'kidlab ötildi.
Terrorçilik guruhi, şuningdek, "ma'lum malakalarga ega odamlarni qidiradi va turli til guruhlari orasida xorijiy jangarilardan foydalanib şu guruhlar kelib çiqqan davlatlarda töğridan-töğri aloqalarni örnatiş uçun" taşviqot olib boradi. Bunday aloqalarni kuzatiş murakkabdir, çunki terrorçilar ma'lumotlarni şifrlaş funksiyasiga ega xizmatlardan foydalanişadi.












