Qatar aholisi arab mamlakatlarining ularga qarşi kiritgan sanksiyalarini adolatsiz deb hisoblaydi va Turkiya, Eron hamda Rossiyaning qöllab-quvvatlaşiga umid qiladi. Bu haqida "Anadolu" agentligi Qatar poytaxti Dohadan ma'lum qildi. 

Mahalliy aholi Qatar boy tabiiy gaz zahirasi tufayli qöşni mamlakatlar embargosiga osonlikça qarşi tura olişiga işonmoqda. Doha aholisining "Anadolu"ga ma'lum qilişiça, ular sanksiyalarning kundalik hayotga salbiy ta'sirini sezişmagan. Odamlar kuçli iqtisodiyot va siyosiy ittifoqlar Qatarning bu vaziyatdan munosib çiqişiga işonç bildirişmoqda.

"Saudiya Arabistoni va BAA Qatarga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berişni töxtatib qöyişdi. Biz bundan juda ham xafamiz. Axir Qatar - musulmon va arab mamlakati-ku! Ular muqaddas Ramazon oyida bunday qilmasliklari kerak edi. Siyosiy sanksiyalar kiritilişini-ku tuşunsa böladi, ammo oziq-ovqat yetkazilişini töxtatişning nima keragi bor edi?", - deya ta'kidlaydi Al-Xolid ismli fuqaro. 

Mahalliy aholi sanksiyalar joriy qilinganidan keyin Doha aholisi dökonlardagi barça tovarlarni xarid qilişga kirişgani haqidagi xabarlarni rad etdi. "Bugun dökonda böldim, barça tovarlar tölib turibdi. Ba'zi ommaviy axborot vositalari yolğon xabar tarqatişadi", - deydi Qatarda yaşovçi Jyeyla Jamil At-Tamimiy.

U şuningdek Turkiyaning Qatarga körsatayotgan yordamini yuqori baholadi. "Biz barçamiz musulmonlarmiz va bir dinga e'tiqod qilamiz. Turkiya Qatarni qöllab-quvvatlamoqda. Qatarga qarşi yolğon ustiga qurilgan tarğibot olib borilmoqda", - deydi At-Tamimiy.