Fuqarolar tomonidan yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik va ularning beparvoligi oqibatida yonğinlar sodir bölib, mudhiş ofat tufayli nafaqat loqayd kişilarning özlari, balki ularga qöşni bölgan insonlar ham jiddiy zarar körayotganligi açinarli holdir.
Kun.uz’ga Andijon viloyat IIB Yonğin xavfsizligi matbuot xizmatining xabar berişiça, 2017 yilning 9 iyun kuni Andijon şahar Milliy tiklaniş köçasi 27-uyda joylaşgan “Mehrigiyo medikal” MÇJ tomonidan ijara asosida foydalanib kelinayotgan binodagi işlab turgan konditsioner uskunasini nazoratsiz qoldirilişi oqibatida yonğin sodir bölib, 3 qavatli binoning 60 kvadrat metr tom qismi va xona jihozlari yonib ketgan. Yonğin qöşni bino 26-uyda joylaşgan savdo dökoniga ötib, savdo dökoninng 30 kvadrat metr tom qismi ham kulga aylandi.
Yonğin xavfsizligi xizmati xodimlarining sa'y-harakati natijasida binoning 1- va 2-qavatlaridagi öquv markazi va savdo dökonlarining xona jihozlari saqlanib qolindi hamda yonğinning qöşni binolarga tarqalişining oldi olindi. Yonğin oqibatida tan jarohati olganlar yöq. Moddiy zarar aniqlanmoqda.
Şuni alohida ta'kidlaş joizki, fuqarolarning yozni issiq, jazirama kunlarida konditsioner, ventilyator kabi sovutiş uskunalarini qarovsiz qoldirişi, yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasligi oqibatida yonğinlar sodir bölmoqda. Moddiy boylik kulga aylansa topiş mumkin, lekin uning oqibatida inson - eng bebaho boyligi bölgan soğligidan ayrilişi, kuyişi, tan jarohati olişi va bir umrga mayib-majruh bölib qolişi mumkin.












