Jurnalist Abror Zohidov amaldorlarning özidan katta amaldorlarga nisbatan laganbardorligi masalasini qalamga oldi.
Fuqaroning öz davlatini sevişi, mamlakat yölboşçisini hurmatlaşi havas qilgulik hol. Özaro suhbatlarda, boringki rasmiy davralarda yurt rahbarini samimiy uluğlab qöyiş ham çiroyli xislat. Ammo oddiy fuqaro qolib, yurt söraydiganlar qiyofasida hammasi yuzaki, zörakiligi sezilib tursaçi? Tilyoğlamalik ayyorlik bilan qorişib ketsaçi?
“Osmondagi bolalar” filmida bir lavha bor: yoş ijodkorning asarini tanqidçilarga katta bir yozuvçining muallifligi bilan taqdim etişadi. Hamma maqtaydi. Ertasiga asl muallif ma'lum qilinganida hamma darrov tönini teskari kiyib oladi va yomonlay boşlaydi. Ulardan biriga “Keçagina xuddi şu asarni maqtab turgandingizku? deya murojaat qilinganida: “Men keça muallif deb öylagan uluğ yozuvçimiz közi bilan qaragandim? deya javob beradi. Şunda “özingizning közingiz qayerda edi?” desa osongina “Men fikrimni aytdim”, deydi egardan tuşmay. Bugungi ba'zi rahbarlarimizning tutgan yöli ham şunga öxşab ketmayaptimi?
Amal kursisiga erişgan inson borki albatta tilyoğlamalik qilişim şart deb öylaydi şekilli. Aniq e'tibor bergansiz: kiçikroq amaldordan tortib hokimu vazirlargaça biror muhim masala yuzasidan gap ketganida, hatto bu özi uçun ham juda mayda iş hisoblansada, albatta “prezidentimizning bevosita körsatmalariga asosan... davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan qarorga köra...” kabi sözlar bilan boşlaydi. Aytadigan gapiga mos kelsa kelmasa, “prezidentmizning qarorlari bizga dasturulamal bölmoqda” deya suhbatni öz söqmoğiga bura ketadi va darhol muammo mohiyatini tuşunmayotganini, özini olib qoçişga urinayotganini, yurt rahbari soyasidan panoh izlayotganini sezdirib qöyadi.
Bu nima, javobgarlikdan qoçişmi, ertaga vaziyat özgarsa, osongina özidan soqit qilib olişga urinişmi, yoki yanayam qörqinçlisi şaxsiy fikr yoki taşabbusning yöqligimi? Axir rahbar yoki mutasaddi deganlari faqat yuqoridan kiritiladigan dastur asosida işlaydigan robot emasku!
Har bir narsaga prezidentdan turtki kutiş şartmi? Aytaylik, qaysidir sohani tahlil qilişga hali davlat rahbarining vaqti yetmadi (yetmasligi ham aniq, çunki biror kun dam olganini kördingizmi?), demak öşa soha qoloqligiça qolaverişi kerakmi?
Aniq bilaman, işonaman, umid qilamanki, rahbarimizga yuzaki maddohlar emas, sohasining ustalari, taşabbuskorlar, yurtga nafi tegadigan insonlar kerak. Demak,keling endi samimiyroq bölaveraylik. Maddohlikni qöyib, muammolarni yeçaylik, vatan uçun jonfido qilaylik, maqtovni esa xalq bersin!
Yuqori rahbarlar bilan intervyularni kuzatarkansiz, ular göyo özlari, faoliyatlari, mavjud muammolar yeçimi-yu rejalari haqida emas, davlat rahbarining körsatmalari naqadar töğri bölayotganini yoritişga urinayotgandek tutaverişadi. Axir sizga tikilib turgan qoraközlarning hammasining nigohini osongina prezidentga oşirib yuboraveradigan bölsangiz, oçiq ayting, sizning nima keragingiz bor?!

















