Qayd qilinişiça, ötgan olti oyda Jizzaxda sanoat, servis va qişloq xöjaligida 200 ta loyiha işga tuşdi. Viloyatga 662 million dollar investitsiya kirib keldi. Natijadorlikni yanada oşiriş maqsadida Jizzax viloyati, Zomin tumanida ham «Islohotlar ştabi» tuzildi.

Xususan, «yagona darça» tamoyili asosida qişloq xöjaligi xizmatlarini bitta joyga jamlagan «Agromarkaz» taşkil etildi. Hosildorlikni oşirişga qaratilgan yangiça yondaşuvlar viloyatda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga ijobiy ta’sir etib, aholini köproq daromad topişiga imkon yaratmoqda.

Jizzax viloyati kartoşkaçilikni rivojlantirişga zamin qilib olinmoqda. Bugungi kunda Zomin ilmiy tajriba stansiyasida xorijiy va mahalliy seleksiyaga mansub 12 ta nav birlamçi uruğçiligi yölga qöyildi.

Şuningdek, dukkakli ekinlar ekiş, Zarbdor tumanidagi kanalda nasos stansiyalari va magistral quvurlar quriş rejalari belgilangan.

Ta’kidlanişiça, Jizzaxning «Aydar-Arnasoy» köllar tizimi qirğoq böyida zamonaviy turizm markazi barpo etiladi.

- Tumanlarga sanoatni olib kirib, odamlarni işli qilişga harakat qilyapmiz. Ilgari daşt bölgan joylarda zamonaviy korxonalar paydo bölyapti. Odamlarimiz hunaridan, tomorqasidan ham daromad topayapti. Lekin bu bugungi natija. Yangi avlod yetişib kelyapti, yoşlarimizning bilimi, talabi oşib boryapti. Ularning işlaşi, yaxşi yaşaşi uçun hozirdan zamin yaratişimiz kerak. Agar imkoniyatlardan töğri foydalanilsa, Zomin tumani işsizlikdan xoli hudud böla oladi, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Kökdala tumanining yangi markazida san’at saroyi, san’at maktabi, umumta’lim maktabi va sport majmuasi yonma-yon barpo etilmoqda. Davlat rahbari bu bolalarga qulay bölişini ta’kidlab, kelgusi loyihalarda şuni qöllaş zarurligini aytgan edi. Endi şu tajriba asosida Zomin tumanida ham madaniyat saroyi va san’at maktabi qurilişi rejalaştirilgan. Madaniyat saroyi 300 örinli bölib, tuman markazidagi 45 mingdan ortiq aholiga xizmat körsatadi.

Mutasaddilarga uşbu rejalar ijrosi, ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivoji böyiça topşiriqlar berildi.

Şu bilan prezidentning Jizzax viloyatiga taşrifi yakunlandi.