Airbus aviaquriliş konserni mamlakatning Yevroittifoqdan çiqişi munosabati bilan yuzaga kelgan zavod talablari bajarilmagan taqdirda işlab çiqarişni Buyuk Britaniyadan boşqa mamlakatga köçiriş bilan tahdid qildi. Bu haqida Airbus prezidenti va boş direktori Fabris Brejyening bayonotiga asoslanib, The Sunday Times xabar berdi.
"Biz Buyuk Britaniyada qolişni xohlaymiz, biroq buning uçun bizning şartlarimiz inobatga olinişi kerak, - deya ta'kidladi u. - Tasavvur qiling, men Britaniya fuqarosi bölmaganim uçun öz zavodlarimni közdan keçira olmasam".
Brejyening fikriça, Brexit böyiça yakuniy bitim konsernning turli mamlakatlarda joylaşgan fabrikalari işçilariga Buyuk Britaniya hududiga tösiqlarsiz kiriş va çiqiş imkonini berişi kerak. Bundan taşqari, şartnoma Birlaşgan Qirollikda işlab çiqariluvçi sertifikatlar Yevropa aviatsion xavfsizlik agentligi bilan muvofiqlaştirilişini kafolatlaşi kerak.
Boş direktorning sözlariga köra, amaldagi loyihalar ustida işlaş Britaniyada davom etadi, biroq laynerlarning yangi modellarini işlab çiqariş boşqa mamlakatlarga köçirilişi mumkin. Uning fikriça, bu borada takliflar köp böladi.
Airbus'ning Filton va Broton (Buyuk Britaniya)dagi zavodlarida avialaynerlar uçun qanotlar işlab çiqariladi. Umumiy hisobda korxonalarda 10 ming kişi faoliyat yuritadi.
Ta'kidlaş joizki, Brexit'ga doir muzokaralar 19 iyunda boşlanadi.

















