Ismoil Şaripov «Damas» avtomaşinasini Buxoro şahar T.Faroğiy köçasiga qoldirib bamaylixotir uyiga kirib uxlaydi. Ertalab turib qarasa, ne köz bilan körsinki avtomaşinaning orqa yölovçi eşigining oynasi oçiq, uning içida bölgan qimmatbaho buyumlari öğirlab ketilgan. Holatdan esankirab qolgan Ismoil Şaripov tezda Buxoro şahar IIBga ariza bilan murojaat qilişga şoşiladi, deb xabar berdi Kun.uz’ga Buxoro IIB matbuot xizmati.

Dadajon Oçilov ham öşa tunda öziga tegişli bölgan «Damas» ni 40-uy oldida qarovsiz qoldirganligi oqibatida jabrlanib qolganlardan.  

Har ikkala jabrlanuvçilarning arizalari yuzasidan olib borilgan tezkor-suriştiruv harakatlari davomida T.Faroğiy köçasi 24-uyda yaşovçi, 1992 yilda tuğilgan, heç qayerda işlamaydigan Maşkov Vitaliy Vadimoviç öziga öxşagan tayinli kasb korga ega bölmagan, 1976 yilda tuğilgan Zubankov Vladimir Ivanoviçlar özaro jinoiy til biriktirib, spirtli içimlik içgan mast holatda uşbu öğrilik jinoyatlarini sodir etganliklari aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan V.Maşkov va V.Zubankovlarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.