Latviya futbol federatsiyasi prezidenti Guntis Idrikonis Portugaliya terma jamoasi futbolçisi Kriştianu Ronalduni quçoqlaş maqsadida maydonga yugurib çiqqan bola uçun taşkilotni jarima kutayotganini ma'lum qildi.

Bu hodisa JÇ-2018 saralaş bosqiçi doirasida Latviya va Portugaliya terma jamoalari örtasidagi uçraşuvda röy bergan edi. Prezident jarima summasini aniq aytmadi.

Bundan taşqari, Idrikonis agar öyin Riganing «Skonto» stadionida emas, boşqa zamonaviyroq stadionda keçganida bu holatning oldini oliş mumkin bölardi.

«Bu normal holat emas, bu notöğri. Sodir bölgan voqea mamlakatning boş stadioni haqida boş qotirişimizga undaydi. Bunday raqibga qarşi öyinlar yangi stadionda ötişi kerak. U yerda bunday voqea bölmas edi», — degan Idriksons.