Rossiyaning Çita şahrida politsiyaçilar poçta xodimi singlisi uyini tintuv qiliş vaqtida manzil böyiça yetkazilmagan 2 tonna maktubni aniqlaşdi. Bu haqda Baykalorti ölkasi içki işlar boşqarmasi ma'lum qildi. 

"Çitada jinoiy iş böyiça gumonlanuvçi uyi tintuv qilinganda politsiyaçilar manzil böyiça yetkazilmagan 2 tonna maktubni aniqlaşdi", deb ma'lum qilingan xabarda.

Ta'kidlanişiça, tintuv ötkazilgan uy egasining singlisi poçta bölimida işlaydi. Tergov nima uçun poçtaçi maktublarni, jumladan sud yozişmalarini manzil böyiça yetkaziş örniga singlisinikida saqlaganini aniqlaştirmoqda.

Uşbu holat yuzasidan ma'muriy iş oçilgan. Materiallar sud ijroçilari xizmatiga jönatilgan.