Amerikalik Jyevon Kastrillo onasi Si Si Layls tomonidan 24 yil oldin yozilgan va boğça tarbiyaçisida saqlangan xatni oldi.
Xat 2001 yil mart oyida, uning kiçik paytida yozilgan. Maktubda öğli endigina kitobni töliq öqib tugatganidan xursand bölgan onaning quvonçi aks etgan. Si Si Layls xuşxabarni boğça tarbiyaçisi Temmi Turman bilan baham körgan.
«Hurmatli miss Turman, keça keçqurun Jyevon kutubxonadan olib kelgan kitobni öqib çiqdi. Uni boşdan-oyoq öqib çiqdi. Men sizga xat yozişga va u qanday buyuk işni amalga oşirganini aytişga va’da berdim. Biz u bilan juda faxrlanamiz va u bilan uyda işlaşda davom etamiz. Işdagi fidoyiligingiz va jasoratingiz uçun yana bir bor rahmat», deyiladi xatda.

Fojiali buriliş 2001 yil kuzida sodir böldi. Layls 11 sentabr teraktlari paytida olib qoçilgan United aviakompaniyasi samolyoti bortida styuardessalardan biri edi. Havoda bölgan Layls turmuş örtoğiga qönğiroq qilib, bortdagi yölovçilar terrorçilarga qarşilik körsatayotganini aytgan. Samolyot oxir-oqibat Pensilvaniya ştatining Şanksvill şahri yaqinida yerga quladi. Uning bortidagi barça insonlar halok böldi.
Şu kuni Jyevon onasidan ajraldi. Turman xonim esa ayolning maktubini asrab qöydi. U yillar davomida xat borasida ikkilanib yurdi. Nihoyat şu yil u xatni Laylsning qadrdon şahri yaqinida işlaydigan muxbir Jon Şeynmanga topşirdi. Xat bilan birga 6 yoşli Jyevonning suratini ham yubordi.
Turman videoaloqa orqali Jyevon bilan boğlandi. «Ona sifatida men onangning bu sözlarini eşitişing kerakligini bilaman. U ajoyib ayol edi, sen esa ajoyib öquvçi eding», dedi u.
Jyevon onasining xatini öqidi va bir neça ön yillar davomida töplangan his-tuyğulari junbişga keldi, uning közlari yoşlandi.
- Bu juda ta’sirli... - dedi Jyevon. - Bu juda yoqimli tuyuladi va bilasizmi, u aynan şunday degan bölardi.
Hozir uç oylik çaqaloqning otasi bölgan Jyevon onasi u bilan faxrlanişi uçun har kuni mehnat qilişda davom etişini aytdi.
Ammo Jyevon 24 yil oldingi maktub tufayli endi istagan paytda onasining ğururini his qila oladi.












