Fransiyalik dengiz biologi Yemenrik Benxalassa avval fanga ma'lum bölmagan, "oyoqlari" bor, çuqur suv ostida yaşovçi baliqlar turini aniqladi. Olim bunday "topilma"ga Indoneziya sohillariga ilmiy ekspeditsiya vaqtida duç kelgan va suv osti dunyosining antiqa vakilini videoga oldi.

Keyinroq bu yozuvni okeanşunos mutaxassislar örganib çiqib, baliq "oyoq" sifatida pastki kökrak suzgiçlaridan foydalanişi haqidagi xulosaga kelişgan. Bu suzgiçlar baliqqa nafaqat dengiz tubi böylab harakatlanişga, balki oziqa qidirişda yordam beradi.  

Şu bilan birga bu "dengiz piyodasi" hali heç bir sinfga kiritilmadi. Olimlarning fikriça, u nurpatli baliqlar otryadi vakillariga öxşaşdir, deb xabar bermoqda National Geographic.