AQŞ va Meksika örtasida devor qurilişi immigratsiya bilan boğliq muammolarni hal qilmaydi. Bu haqda Mexikoga taşrifi vaqtida Germaniya kansleri Angela Merkel aytib ötdi, deb xabar bermoqda VVS.
Merkelning aytişiça, tarix migratsiya muammolarini davlat öz qöşnilari bilan yaxşi munosabatda bölgandagina hal qilişga muvaffaq bölinganini körsatgan.
"Ayonki, avval odamlar öz ona yerlarini taşlab ketişlari sabablarini hal qiliş kerak, bu esa devor qurilişi va izolyatsiya muammoni hal qilmasligini anglatadi", deb aytdi Merkel.
Merkel noqonuniy migratsiyani töxtatişning yeçimi noçor hududlarda turmuş tarzini yaxşilaş hisoblanişini ta'kidlab ötdi.
Merkel 2015 yildan boşlab yarim milliondan köproq muhojirni qabul qilgani uçun Germaniyada tanqid qilib turiladi.












