Özbekistonlik boksçilar Ostona şahrida erkaklar va ayollar örtasida ötkazilayotgan boks böyiça Qozoğiston Respublikasi prezidenti kubogi musobaqasidan oltin medalsiz qaytadigan bölişdi.

Sports.uz xabariga köra, uşbu turnirda Özbekiston şarafini himoya qilgan boksçilardan faqatgina Bobo-Usmon Boturov finalga çiqdi va oltin medal uçun jang qildi.

69 kilogramm vazn toifasidagi janglarda iştirok etgan Bobo-Usmon Boturov finalda yoşlar örtasida jahon çempioni Sadriddin Ahmedovga qarşi ringga kötarildi va mağlubiyatga uçrab, kumuş medal bilan kifoyalandi.

Ma'lumot örnida, uşbu musobaqada Özbekiston şarafini Nodirjon Mirzaxmedov, Abrorjon Qodirov, Abdulhay Şoraxmatov, Sulaymon Latipov, Uluğbek Komilov, Bobo-Usmon Boturov, Mahmud Ğoipov, Kozim Mardonov, Mirzobek Hasanov va Ravşan Ismoilov himoya qilgandi.

Qizlar musobaqasida esa Tursunoy Rahimova, Yodgoroy Mirzayeva hamda Nafisa Asqarova ringga çiqdi.

Şu tariqa, turnirda töliq tarkib bilan iştirok etgan Özbekiston vakillari yakunda oltin medalsiz ortga qaytadigan bölişdi.