Yevropada 2018 yilgi jahon çemionati saralaşi doirasida S guruhi vakillari 6-tur öyinlarini ötkazişdi.

Germaniya San-Marino ustidan yirik hisobdagi ğalabaga erişdi. Nyurnbergdagi «Grundig» stadionida keçgan uçraşuv 7:0 hisobidagi ğalaba bilan yakunlandi.

Ğoliblarning gollariga Yulian Draksler, Amin Yunes, Şkodran Mustafi, Yulian Brandt va het-trik qayd etgan Sandro Vagner mualliflik qilişdi.

Guruhda doirasida avvalroq bölib ötgan uçraşuvda Şimoliy Irlandiya Ozarboyjonni qabul qilib, öyinga qöşib berilgan daqiqalarda Styuart Dallas urgan gol evaziga ğalabaga erişgandi (1:0).

Yana bir uçraşuvda Çexiya Norvegiya maydoniga safar qilib, durang qayd etdi (1:1). Mehmonlarning goli Teodor Gebre Selassi tomonidan urilgandi, mezbonlarning javob goliga Aleksandr Syoderlund muallif böldi.

Endilikda S guruhida turnir jadvali şunday köriniş olgan: 1. Germaniya — 18 oçko (6 öyin); 2. Şimoliy Irlandiya — 13 (6); 3. Çexiya — 9 (6); 4. Ozarboyjon — 7 (6); 5. Norvegiya — 4 (6); 6. San-Marino — 0 (6).

JÇ-2018 saralaşi, Yevropa
6-tur

Germaniya – San-Marino 7:0 (4:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 11 Draksler, 2:0 – 16 Vagner, 3:0 – 29 Vagner, 4:0 – 38 Yunes, 5:0 – 47 Mustafi, 6:0 – 72 Brandt, 7:0 – 85 Vagner.
Germaniya – ter Stegen, Kimmix, Mustafi, Hektor (Plattenxardt, 55), Draksler (Demme, 76), Gorettska, Yunes, Jan, Brandt, Ştindl (Verner, 55), Vagner.
San-Marino – Benedettini, Dzafferani, Çervellini, Çezarini (Brolli, 87), Palatstsi, Golinuççi, Bonini, Bordi, Matstsa (Bernardi, 69), Della Valle, Rinaldi (Xirş, 78).
Ogohlantirişlar: Bonini (56), Çervellini (63), Matstsa (66).

Ozarboyjon – Şimoliy Irlandiya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 90 Dallas.