Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazining 2017 yil 9 iyundagi 291-sonli buyruği asosida barça ta'lim muassasalarida “Oliyjanoblik fazilatlari” nomli beş kunlik öquv kurslari taşkil etilmoqda.
Ijroni ta'minlaş hamda yoşlar ongiga oliyjanoblik va insoniylik tuyğularini singdiriş, öquvçilar orasida kitob mutolaa qilişga bölgan qiziqişni yanada oşiriş maqsadida P.F.Borovskiy nomli tibbiyot kollejida ham keng qamrovli işlar olib borilmoqda.
Xususan, kollejdagi guruhlar rahbarlari va fan öqituvçilari iştirokida talabalar Toşkent şahrining turli manzillarida joylaşgan ma'rifat maskanlari, kutubxona va kitob dökonlariga borişmoqda hamda olingan kitoblarni mutolaa qilişmoqda. Har bir öquvçi maşhur adiblar kitoblarini örganib, ularda aks ettirilgan oliyjanoblik fazilatlarni hayotiy şiorga aylantiriş kerakligini tuşunib yetmoqda.

Şuningdek, jadvalga şu nom bilan darslar kiritildi. Öquv kurslari yakunlanişi bilan “Oliyjanoblik nima?” mavzusida inşolar ötkaziladi.
Öquv kursini taşkil etişdan maqsad – akademik litsey va kasb-hunar kollejlari öquvçilarida oliyjanoblik fazilatlarining mazmuni, mohiyati va ahamiyati töğrisidagi könikmalarni şakllantiriş, mehr-muruvvat, özaro hurmat, hamjihatlik, bağrikenglik kabi axloqiy qadriyatlarni özida mujassam etgan oliyjanoblik fazilatlarini öquvçilar ongiga çuqur singdirişdir.















