Telegram asosçisi Pavel Durovning sözlariga köra, jamoasining AQŞga 2016 yildagi taşrifi davomida ularni davlat agentliklari vakillari sotib olişga harakat qilgan. Bu haqda Durov Tvitterdagi sahifasida aytib ötdi.
Taxminlarga köra, Milliy xavfsizlik agentligi messenjerning şifrlaş algoritmiga kiriş imkonini qidirgan. Durovning özi esa unga FQBda bosim körsatişganidan şikoyat qildi.
During our team's 1-week visit to the US last year we had two attempts to bribe our devs by US agencies + pressure on me from the FBI.
— Pavel Durov (@durov) June 11, 2017
«Bizning AQŞga ötgan yildagi bir haftalik taşrifimiz davomida mutaxassislarimizni AQŞ agentliklari tomonidan sotib olişga ikki bora harakat böldi + menga FQB tomonidan bosim ötkazildi»
And that was just 1 week. It would be naive to think you can run an independent/secure cryptoapp based in the US.
— Pavel Durov (@durov) June 11, 2017
«Bularning bari bir haftada röy berdi. AQŞda mustaqil yoki xavfsiz kriptoservisni saqlaş soddalik bölardi»
Durovning instagramiga qaraganda, u 2016 yilning iyunida Kaliforniyada bölgan. Amerika maxsus xizmatlari va Telegram xodimlarining özaro aloqalari qanday yakun topgani noma'lum. Bundan söng AQŞga u yoki uning hamkasblari taşrifiga ham oydinlik kiritilmagan.
Durovning sözlari Edvard Snouden bilan Signal messenjeri xavfsizligi borasidagi bölib ötgan bahs-munozaralarga tegişli. Snouden – Signal messenjeri tarafdori va Telegram’ning tanqidçisidir. Bu uning Durov bilan uşbu mavzudagi birinçi bahsi emas.
Biroq Durov bu safar Signal AQŞda davlat tomonidan moliyalaştirilişiga e'tibor qaratdi. Pando.com ma'lumotlariga köra, Signal’ning maxfiy yaratuvçisi Moksi Marlinspayk MXA bilan qalin aloqada va özining Open Whisper Systems kompaniyasi moliyaviy tuzilmasini oşkor qilişni istamayotgani bejiz emas. Naşr ma'lumotiga köra, u AQŞ davlat departamenti bilan hamkorlik qiluvçi Open Technology Fund jamğarmasi orqali moliyalaştiriladi.
Durovning xulosasiga köra, Signal işlab çiquvçilari – yoki ularning kodi xavfsizligini tekşirgan ekspertlar – MXAdan 10 millionli grant olgan bölişlari mumkin. Bu şifrlanişdagi bekdorlarni aniqlaş maqsadida qilingan.












