Toşkentda navbatdagi Mercedes-Benz yölovçi avtobusi yonib ketdi. 12 iyun taxminan 12:30larda Toşkent katta xalqa yöli yoqasida joylaşgan «Bek Baraka» buyum bozori yaqinidagi köprik ostida «Sergeli qurğoni»—«Çilonzor buyum bozori» yönalişi böyiça qatnovçi 86-avtobus yonib ketgan. Hodisa suratlari ijtimoiy tarmoqlarda paydo böldi. 

«Toşşahartransxizmat»ning ma'lum qilişiça, mazkur voqea sababli jabrlanganlar yöq. Yonğin zudlik bilan öçirilgan. Kompaniyaga köra, uç kundan keyin avtobus yana reysga çiqadi. 

Eslatib ötamiz, oxirgi bir neça yilda Toşkent yöllarida qatnovçi Mercedes-Benz Conecto Low Floor avtobuslarining bir neçtasi yonib ketdi. Kompaniya rahbariyati buning sababi sifatida Toşkentning yoz mavsumida juda issiq bölişini, buning natijasida avtobusdagi elektr ötkazuvçi simlar qizib ketişi yonğinga olib kelişini ta'kidlaydi. Biroq, bir neça holatlarda avtobuslarning yilning salqin va sovuq mavsumlarida ham yonib ketgan edi.